Ilmiy-uslubiy · nazariy-amaliy · elektron jurnal
O'zbekiston
madaniyati va san'ati
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti qoshidagi ochiq foydalanishdagi ilmiy elektron jurnal — san'at, madaniyat va gumanitar fanlar bo'yicha tadqiqotlar uchun zamonaviy minbar.
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar, san'at va madaniyat sohasiga zamonaviy innovatsion texnologiyalarning kirib kelishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik hamda Yangi O'zbekistonda yangicha dunyoqarash g'oyalarining targ'ibi sifatida O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti qoshida «O'zbekiston madaniyati va san'ati» ilmiy-uslubiy, nazariy-amaliy elektron jurnali tashkil etildi.
Jurnal O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2025-yil 31-oktabrdagi №376/5-sonli qarori bilan san'atshunoslik fanlari bo'yicha dissertatsiyalar yuzasidan asosiy ilmiy natijalarni chop etishga tavsiya etilgan nashrlar ro'yxatiga kiritilgan.
Jurnal foydalanish uchun ochiq. E'lon qilingan sonlar tarkibi va maqola matnlari saytning «Arxiv» ruknida veb-sahifa hamda kitob ko'rinishida erkin joylashtiriladi.
- Muassis
- O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
- Davriylik
- Yiliga 6 marta — har ikkinchi oyning 20-sanasi
- Shakl
- Elektron, ochiq foydalanish
- Tillar
- O'zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz
Maqsad va vazifalar
- Ilmiy yo'nalishlarni va hukumatning ilm-fanni qo'llab-quvvatlash siyosatini keng targ'ib qilish.
- Respublikamiz oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlari hamda xorijda bajarilgan tadqiqot natijalarini nashr etish.
- Talaba-yoshlar dunyoqarashini boyitish, qo'lga kiritilayotgan yutuqlar va ilg'or tajribalarni jamoatchilikka yetkazish.
- Ta'lim jarayoni, yangi pedagogik texnologiyalar va o'qitish usullarini sifat jihatidan yangilashni targ'ib qilish.
- Professor-o'qituvchilarning tadqiqot samaradorligini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish.
- Yuksak ma'naviyat va milliy an'analarga sodiqlik ruhini shakllantirish, yot g'oyalarga nisbatan immunitetni mustahkamlash.
Jurnal ruknlari
- 01Teatr va kino san'ati
- 02Musiqa, raqs, tasviriy san'at
- 03Madaniyatshunoslik, sotsiologiya, siyosatshunoslik
- 04Filologiya, tarix, falsafa
- 05Pedagogika, psixologiya, kutubxonashunoslik
Mualliflarga talablar
Maqolalarga qo'yiladigan talablar jahon andozalari va O'zbekistondagi doktorlik (PhD, DSc) tadqiqotlari tizimidan kelib chiqadi. Maqola mavzusi jurnal ruknlariga mos kelishi shart.
Maqola tuzilishi
Muallif ma'lumoti
Ismi-sharifi, ish joyi va lavozimi, ilmiy daraja, e-mail va telefon.
Mavzu (Title)
Qisqa va lo'nda, matn tili hamda ingliz tilida beriladi.
Annotatsiya (Abstract)
6 qatordan oshmaydi; maqola tili va ingliz tilida.
Kalit so'zlar
8–10 ta so'z; matnda o'rtacha 4–6 marta takrorlanishi tavsiya etiladi.
Kirish · asosiy qism · xulosa
Muammo, metodologiya, tahlil, natijalar va umumiy xulosalar.
Adabiyotlar ro'yxati
[1], [2] tartibida; matn ichida [1, 22-b] ko'rinishida.
Texnik talablar
- Shrift «Times New Roman», 14, lotin alifbosi, qatorlar oralig'i 1.5 interval.
- Sahifa chetlari: chap, yuqori va quyi 2 sm, o'ng 1 sm; abzas 1,25 sm.
- Maqola hajmi 6 betdan kam, 10 betdan ko'p bo'lmasligi lozim.
- O'zbek tilidagi o', g', q, h harflari matnda to'liq yozilishi shart.
- Barcha maqolalar «Antiplagiat» tizimida tekshiriladi.
- Tahrir va nashrga tayyorlash narxi — 300 000 so'm (muallif hisobidan).
Tahririyat
Rahbariyat
Jamoatchilik kengashi
Tahrir hay'ati a'zolari
Arxiv
So'nggi sonni o'qish
Jurnalning so'nggi soni bilan to'g'ridan-to'g'ri shu sahifada tanishing — varaqlang yoki to'liq ekran rejimida o'qing.
Aloqa
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100164, Yalang'och dahasi, Zafar Diyor ko'chasi, 127-«A» uy.
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
© «O'zbekiston madaniyati va san'ati» elektron jurnali. Maqoladagi ma'lumotlar to'g'riligi va ilgari surilgan g'oya uchun muallif javobgardir.
Designed & developed by teiior